17:31 / 26.07.2015
2610

Gvardiola keyingi mavsumdan "Manchester Siti"ni boshqarishga rozilik berdi

"Bavariya" jamoasining ispaniyalik bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi yozda Germaniyani tark etadi.

beIN SPORTS nashri ma'lumotiga ko‘ra, u "Manchester Siti" rahbariyati bilan shu jamoada ishlash bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

44 yoshli ushbu mutaxassisning "Bavariya" bilan shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan va u bu shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, Gvardiola "Bavariya" bosh murabbiyligiga 2013 yilning yozida kelgandi va o‘tgan muddat davomida ikki marta mamlakat chempionligiga erishdi.

Top