11:50 / 26.07.2015
2502

Hillari Klinton shaxsiy pochtasi orqali maxfiy yozishmalar olib borgani haqidagi gaplarni inkor etdi

AQSh Davlat departamentining sobiq bosh kotibi va ayni damda Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligi uchun o‘z nomzodini ko‘rsatgan Hillari Klinton o‘zining avvalgi ishida shaxsiy pochtasidan foydalanmaganini ma'lum qildi.

"Men shu vaqtgacha shaxsiy pochtam orqali maxfiy xabarlar jo‘natmaganman va qabul qilmaganman", deb ma'lum qildi Klinton xonim.

Shu yilning mart oyida New York Times gazetasi prezidentlik uchun nomzodini ilgari surish arafasida bo‘lgan Hillari Klinton AQSh Davlat kotibi sifatida ishlagan vaqtida shaxsiy pochtasidan xizmat faoliyatida foydalangani haqida yozib chiqqandi.

AQSh Razvedka hamjamiyati Klinton tomonidan jo‘natilgan kamida to‘rtta maktubda maxfiy ma'lumotlar bo‘lgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda. Tekshiruvdan esa hozircha 30 ming xatdan 40 tasi o‘tgan.

Top