14:29 / 26.07.2015
2321

Kolumbiya prezidenti mamlakatdagi isyonchi tashkilot bazalarini bombalashni to‘xtatishni buyurdi

Kolumbiya hukumati Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (FARC - Fuerzas Armadas Revolucionarias de Colombia) tashkilotining obektlariga havodan zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda Assosheyted Press xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, 19 iyul kuni isyonchilar o‘t ochishni bir tomonlama to‘xtatib, tinchlik sulhi tuzishni taklif qilgan.

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos kelgusida faqat o‘zi ruxsat bergan taqdirda, isyonchilarning aholi turarjoylaridan uzoqda joylashgan bazalariga o‘t ochish mumkinligini aytgan.

Ma'lumot uchun, FARC o‘zini harbiy-siyosiy tashkilot sifatida e'lon qilgan bo‘lib, "Butun dunyoda adolat tiklash" shiori ostida harakat qiladi. Bu tashkilot ilk bor 1964 yilda Kolumbiya hukumatiga urush ochgan va o‘shandan beri davom etgan qurolli mojarolar oqibatida 200 mingdan ortiq kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.

Top