22:20 / 26.07.2015
7770

Navoiylik erkak telefonidagi ekstremistik videolavhalar uchun 6 yilga qamaldi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida istiqomat qiladigan Jamol Hamidov o‘z telefonida diniy-ekstremistik ruhdagi ma'lumotlarni, xususan, videolavhalarni saqlagani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda tuman prokurori I. Babamuradov ma'lumot berdi.
Aytilishicha, Hamidov 2014 yili Rossiyada ishlab, o‘sha yerda ekstremistik ruhdagi videolavhalarni o‘z telefoniga o‘tkazgan, so‘ng ularni bojxona tekshiruvidan o‘tkazib kelishga muvaffaq bo‘lgan.
Ammo u Nurota-Navoiy yo‘li bo‘ylab harakat qilayotganida uning telefoni tekshirildi. Buning natijasida undagi ekstremistik materiallar aniqlanib, ekspertizaga yuborildi.

Top