23:31 / 26.07.2015
4920

O‘zbekiston “Jizzax plastmassa”ning 86 foiz aksiyalarini chet ellik investorlarga realizatsiya qiladi

O‘zbekiston “Jizzax plastmassa” AJning86 foiz aksiyalarini chet ellik investorlarga realizatsiya qiladi. Ayni paytda korxona strukturasida 61 foiz ulush davlatga, 25 foizi “O‘zkimyosanoat” DAKga tegishli. Bu parametrlar 2015 yil 28 aprelda prezident tomonidan imzolangan “2015-2019 yillarda iqtisodiyotda xususiy mulk ulushi va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Yuqorida tilga olingan korxona ayni paytda mintaqadagi eng yirik polimer quvurlari va plyonkalari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Xom ashyo Jizzax shahriga Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksidan keladi. 2001 yili ekspluatatsiyaga topshirilgan korxona yiliga 125 ming polietilen ishlab chiqaradi.

Top