23:39 / 26.07.2015
3929

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Asilbek Omonov "Qo‘qon-1912"ga o‘tdi

Ikkinchi davraga jiddiy tarzda hozirlik ko‘rayotgan jamoamiz qisqa muddatli ta'tildan keyin yana mashg‘ulotlarga kirishadi.

Jamoamiz safiga yangi o‘yinchi kelib qo‘shildi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Asilbek Omonov ikkinchi davrani “Qo‘qon-1912” klubida o‘tkazadi. Darvozabon bilan bugun rasman shartnoma imzolandi, deb xabar berdi «Qo‘qon-1912» klubining rasmiy veb sayti.

Asilbek Omonov yil boshida “Paxtakor”ni erkin agent sifatida tark etgandi. Omonov 2015 yilgi chempionatning birinchi qismini birinchi liga vakili Chustning “Chust-Paxtakor” jamoasida o‘tkazdi.

O‘tgan yili ham 1993 yilda tavallud topgan posbon birinchi ligada “Oq-tepa” darvozasini qo‘riqlagandi. Qishki mavsumlar oralig‘ida esa Omonov Samarqandning “Dinamo” yig‘inida ham bo‘lgandi.

 

Top