22:27 / 26.07.2015
5715

Putin Erdo‘g‘an bilan IShID tahdidlarini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan IShID guruhi bilan bog‘liq tahdidlarni muhokama qildi. Bu haqda Kreml sayti orqali axborot berildi.
Ta'kidlanishicha, telefon muloqoti Turkiya prezidenti tashabbusi bilan tashkil etildi.
“Davlatlar rahbarlari Yaqin Sharqdagi, birinchi navbatda, Suriya va Iroqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muvofqilashtirishni amalga oshirib, IShID bilan bog‘liq tahdidlarni samarador bartaraf etish masalasini ko‘rib chiqdi”, – deyiladi xabarnomada.
Ikki rahbar ushbu guruhga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishning muhimligini ta'kidlab o‘tishdi.

Top