23:08 / 26.07.2015
3908

Rossiyaning yangi dengiz doktrinasi O‘rta Yer dengizida doimiy flot joylashtirilishini talab qiladi

Rossiya Federatsiyasining yangi dengiz doktrinasi ushbu davlatning bitta floti doimiy ravishda O‘rta Yer dengizida bo‘lishini talab qiladi. Hujjat matni Kremlning rasmiy sayti orqali e'lon qilindi.
Ilgariroq Rossiya tomonidan qabul qilingan yangi dengiz doktrinasida NATO harbiy infrastrukturasining Rossiya chegaralariga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik nazarda tutilgani xabar qilingan edi. Endilikda hujjatdan o‘rin olgan yangi tafsilotlar ham ma'lum bo‘ldi.
“O‘rta Yer dengizida: Rossiya Federatsiyasining harbiy mavjudligini doimiy asosda ta'minlash”, – deyiladi matnda.

Top