12:46 / 26.07.2015
3138

Tokiodagi osmono‘par binoning 27 qavatida yong‘in chiqdi

Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi 28 qavatli Asakusa View Hotel mehmonxona binosining 27 qavatida yong‘in chiqdi. Bu haqda Tokio o‘t ochirish xizmatlariga asoslangan holda NHK telekanali xabar qilgan.

Taxmin qilinishicha, binoning shu qavatida restoran mavjud bo‘lib, yong‘in aynan shu joydan chiqqan.

Mehmonxona istiqomatchilari o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan, ayni vaqtda bino ichidagi barcha odamlar olib chiqilgan.

Bino tomini tutun qoplagan va bu o‘t o‘chiruvchilarning yong‘in markaziga yetib borishini qiyinlashtirmoqda.

Top