12:34 / 26.07.2015
3368

Xitoyda samolyot yo‘lovchisi bortda o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Xitoyda o‘zini samolyot bortida yoqib yubormoqchi bo‘lgan yo‘lovchini bort xizmatchilari to‘xtatib qolishdi.

Assosheyted Press nashri xabariga ko‘ra, Shenzhen Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot 26 iyul kuni Taychjou shahridan Guanchjouga parvozni amalga oshirayotgan vaqtida shunday voqea ro‘y bergan.

Shundan keyin uchuvchilar bortda favqulodda vaziyatni qayd etishib, rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirgan. Natijada samolyotdagi 95 nafar yo‘lovchi va ekipajning 9 nafar a'zosi favqulodda chiqish yo‘lagi orqali evakuatsiya qilinishgan.

Hodisa natijasida ikki kishi kichik jarohatlar olishgani aytilgan.

Ayni vaqtda bu hodisa bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Top