07:47 / 27.07.2015
2469

Britaniyalik Kristofer Frum 2015 yilgi "Tur de Frans" g‘olibiga aylandi

Buyuk Britaniyalik velopoygachi Kristofer Frum 2015 yilgi "Tur de Frans" g‘olibiga aylandi. Fransiya yo‘llari bo‘ylab o‘tkazilgan “Tur de Frans” ko‘pkunlik velopoygasining 21-bosqichi ortda qoldi va turnir yakunlandi.

So‘nggi 21-bosqich musobaqasida germaniyalik poygachi Andre Graypel marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Sevr shahridan Parijning Yelisey maydonigacha bo‘lgan 109,5 km masofani g‘olib sportchi 2 soatu 49 daqiqa 41 soniyada bosib o‘tdi.

Umumiy 21ta bosqich yakunlariga ko‘ra esa britaniyalik Kristofer Frum g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu bilan Frum ikkinchi marotaba "Tur de Frans"da g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarildi. Nayro Kintana ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Alexandro Valverde kuchli uchlikka yakun yasadi.

«Tur de Frans». 21-bosqich
Sevr — Yelisey maydoni, Parij. 109,5 km
1. Andre Graypel (Germaniya, Lotto-Soudal).
2. Brian Kokar (Fransiya, Europcar).
3. Aleksandr Kristoff (Norvegiya, «Katyusha»).

Umumiy hisobda
1. Kristofer Frum (Buyuk Britaniya, Sky).
2. Nayro Kintana (Kolumbiya, Movistar).
3. Alexandro Valverde (Ispaniya, Movistar).

Top