21:15 / 27.07.2015
15411

Dam olish kunlari Chorvoqda mashinalarning ulkan tirbandligi yuzaga keldi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Chorvoq» suv ombori yaqinidagi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomagistralda dam olish kunlari mashinalarning ulkan tirbandliklari kuzatildi. Kecha yakshanba kuni kechki payt kuzatilgan bunday tirbandlik aks etgan suratlar Feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga joylashtirilgan.

Guruh qatnashchilarining fikricha, dam olish kunlari aksar toshkentliklar aynan «Chorvoq» suv ombori yaqinidagi dam olish maskanlariga tashrif buyurishadi. Natijada bu hududlarda savdo va ovqatlanish obektlarida narxlar keskin ravishda oshadi. Shuningdek vaqtinchalik ijara uylar narxi ham keskin qimmatlashadi.

2015 yilning 26 iyul kuni kechga yaqin dam olish kunini yakunlab Toshkentga qaytayotgan mashinalarning ko‘pligi natijasida ulkan tirbandliklar kuzatildi. Surat muallifining aytishicha, tirbandlikdan chiqish uchun qariyb ikki soat vaqt sarflangan.

Top