16:24 / 27.07.2015
1957

Mutko Rossiya terma jamoasini Slutskiy boshqarishi haqidagi ma'lumotni inkor etdi

Rossiya terma jamoasiga Yevro-2016 saralashining qolgan o‘yinlarida TsSKA bosh murabbiyi Leonid Slutskiy bosh murabbiy bo‘lishi haqidagi xabar Rossiya sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko tomonidan inkor qilindi.

"Matbuotda terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qilib yuborishibdi. Ular juda shoshilishgan", deydi Mutko TASS nashriga bergan intervyusida.

26 iyul kuni "Nash futbol" telekanali jurnalisti Nobel Arustamyan Leonid Slutskiy nomzodi Mutko va Rossiya futbol ittifoqi tomonidan terma jamoa bosh murabbiyligiga ma'qullangani haqida aytgan va OAVlar bu ma'lumotni tarqatgandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni terma jamoa italiyalik mutaxassis Fabio Kapello bilan shartnomani bekor qilgan, uning o‘rniga keladigan mutaxassis nomi 25 iyul kuni JCh-2018 turnirining saralash bosqichi uchun o‘tkazilgan qur'a tashlash marosimidan keyin e'lon qilinishi aytilgandi.

Top