10:10 / 27.07.2015
3253

Rafael Benites: Ronalduning mashg‘ulot paytida jahli chiqsa, buning yomon tomoni yo‘q

"Real" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida gapirib o‘tdi.

"Bizning munosabatlarimiz yaxshi. Agar biror futbolchining mashg‘ulot paytida jahli chiqsa, buning yomon tomoni yo‘q. Muhimi u o‘z ishini bajarsa bo‘lgani", - deydi Benites.

Avvalroq, Ronaldu Benitesning mashg‘ulot paytida faqat portugaliyalik futbolchilarga e'tiroz bildirganidan norozi bo‘lgani, hatto, mana shu sabab tufayli murabbiy bilan qattiq ohangda gaplashgani xabar qilingandi.

Top