15:16 / 27.07.2015
2036

Serxio Ramos "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

“Real Madrid” klubi himoyachisi Serxio Ramos jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, Xitoyda Ramos “Real” prezidenti Florentino Peres bilan uchrashgan. Uchrashuvda “Qirollik klubi” bosh direktori Xose Anxel Sanches hamda futbolchining akasi va agenti bo‘lgan Rene Ramos ham qatnashdi.

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Peresga shartnomani uzaytirishda moliyaviy tomondan ko‘ra, klubda uni qadriga yetayotganini his qilish muhim ekanini ma'lum qildi.

Shuningdek, Ramos uning boshqa klubga o‘tishi haqida tarqalgan turli xil mish-mishlardan afsusda ekanini va “Real”da o‘z faoliyatini yakunlamoqchiligini ma'lum qilgan.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv Xitoyda o‘z yakuni yetkazilishi yoki “Real”ning Ispaniyaga qaytib kelgan yakunlashini mumkin.

Avvalroq, Ramosning yiliga 10 mln yevro so‘ragani va klub buni rad etgani haqida xabar berilgan edi.

Top