08:00 / 28.07.2015
1801

“Shaxtyor”ning braziliyalik legioneri doping qo‘llagani uchun chetlatilishi mumkin

Amerika Kubogida Braziliya terma jamoasi safida ishtirok etgan yarim himoyachi Fredning qonida taqiqlangan moddalar aniqlangan.

Amerika Kubogidagi o‘yinlardan birida yarim himoyachi taqiqlovchi moddalarga test topshirganda, olingan tahlil uning qonida taqiqlangan moddalar borligini ko‘rsatgan, deb xabar bermoqda Fox Sport telekanali.

Futbolchining taqdiri B doping-sinovida hal bo‘ladi. Uning natijasi bugun, 28 iyulda ma'lum qilinadi.

Agar bu sinovda ham taqiqlovchi moddalar borligi aniqlansa, unda Fred muayyan vaqtga futboldan chetlatilishi mumkin.

Top