17:44 / 28.07.2015
6288

1-2 avgust kunlari «Samarqand Darvoza» savdo markazida ko‘rgazma-savdo yarmarkasi tashkil etiladi

1-2 avgust kunlari «Samarqand Darvoza» savdo majmuasida O‘zbekistondagi barcha viloyatlarning qo‘li gul usta hunarmandlari va tadbirkorlari ishtirokida ko‘rgazma-savdo yarmarkasi tashkil etiladi. Bu haqda kun.uz nashriga tashkilotchilardan biri ma'lum qilgan.

Yarmarkada Marg‘ilon shohi matolari va adraslari, Shahrixonning mashhur damashqiy pichoqlari, Samarqand va Buxoro ustalarining zardo‘zi va patdo‘zi uslubidagi libos hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari, toshkentlik va buxorolik zargarlarning milliy uslubdagi zargarlik mahsulotlari va boshqa ko‘plab milliy sovg‘a va esdalik buyumlari namoyish etiladi.

Yarmarkaga keluvchilar buyumlarni eng arzon chegirmali narxlarda xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

Savdo yarmarkasi 1-2 avgust kunlari soat 10:00dan 23:00gacha davom etadi. Kirish bepul etib belgilangan.

Top