08:38 / 28.07.2015
7646

Nepalda bola qurbonlikka keltirildi

Nepalning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Kudiyya qishlog‘i yaqinidagi dalada 10 yoshli Jivan Koxarning jasadi topildi. Politsiya bolakayni tekshirganda, bolaning boshi tanasidan deyarli kesib olinganiga e'tiborni qaratdi.

Tergov bu qotillikka shu yerlik Koday Xarijan buyurtma berganini aniqladi. Erkak bemor o‘g‘lini bir necha kun davolashga urinishi foyda bermagach, jodugarga murojaat qilishga qaror qildi. Jodugar davo sifatida odamni qurbonlikka keltirishni maslahat berdi. Xarijan qishloq maydonida o‘ynab yurgan bolani unga pechene uchun 50 rupiy berish bilan aldab, (49 AQSh senti) qishloq chetidagi ibodatxonaga olib bordi. U yerda jodugar bolaning boshi tanasidan judo qilinishi bilan tugaydigan marosimni amalga oshirdi.

Qurbon ham, erkak ham “tegib bo‘lmaydiganlar” tabaqasiga mansub bo‘lgan. Politsiya ushbu qotillik yuzasidan 11 kishi, shu jumladan jodugarni hibsga oldi. Ulardan 5 nafari, shu jumladan Xarijan o‘z aybini tan oldi. Ular umrbod qamoq jazosiga tortilishlari mumkin. Bemor bolaning ahvoli haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Top