10:32 / 28.07.2015
3093

Olland Rossiyaga berilishi kerak bo‘lgan “Mistrallar” masalasini yaqin haftalarda hal qilishga va'da berdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiyaga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan ikkita “Mistral” vertolyottashuvchi kemasi bo‘yicha yauniy qarorni yaqin haftalarda qabul qilishga va'da berdi. Bu haqda Olland 27 iyulda OAVlar vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida ma'lum qildi.

Olland kemalarni berish yoki bermaslikni batamom hal qilishini ta'kidlab o‘tdi.
Ma'lumot uchun, “Mistral” kemalarining Rossiyaga yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma Fransiyaning DCNS/STX kemasozlik kompaniyasi va “Rosoboroneksport” bilan 2011 yilda tuzilgan edi. Fransiya bu kemalardan birinchisi – “Vladivostok”ni 2014 yilning noyabrida yetkazib berishi kerak edi, biroq bu hanuzgacha amalga oshirilmadi. Moskva Parijdan kemalarning berilishini yoki pullarning orqaga qaytarilishini talab qilmoqda.

Top