14:21 / 28.07.2015
4428

O‘zbek olimlari "Universal mikrosxema" qurilmasini taklif etishdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika instituti olimlari "Universal mikrosxema" qurilmasini taklif etishdi.

Ushbu ixtiro mikro va optoelektronika, xususan, elektr signallarini boshqarish va kuchaytirish uchun maydon tranzistoridagi dinamik yuklamali kaskad asosidagi integral mikrosxemalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Universal mikrosxemaning vazifasi - dinamik yuklamali mikrosxema kaskadini kuchaytirish koeffitsientini oshirish, foydali signal buzilishini bartaraf etish va funksional imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Mualliflar jamoasi - S.L.Lutpullayev, M.A.Saydumarov, A.V.Karimov, A.Z.Raxmatov, D.M.Yodgorova, O.A.Abdulxayev va Sh.M.Kuliyev mazkur ixtiroga patent olish uchun talabnoma topshirishgan.

Top