11:19 / 28.07.2015
3326

Polshaning yangi prezidenti Anjyey Dudaning inauguratsiyasiga Yevrokomissiya rahbariyatidan hech kim kelmasligi aytilmoqda

Polshaning yangi prezidenti Anjyey Dudaning inauguratsiyasiga Yevrokomissiya rahbariyatidan hech kim kelmasligi aytilmoqda.

Polsha matbuotining xabar berishicha, inauguratsiyada na Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, na Polshadan yevrokomissar Eljbeta Benkovskaya ishtirok etadi. Marosimga Yevropa Kengashi rahbari va Polshaning sobiq bosh vaziri Donald Tuskning kelishi ham dargumon bo‘lib qolmoqda.

Anjyey Duda 6 avgustda rasman o‘z lavozimini bajarishga kirishadi. Duda 24 may kuni prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 51,55 foiz ovoz to‘plab, Polshaning sobiq prezidenti bilan raqobatda g‘alaba qozongan.

Top