08:46 / 28.07.2015
3437

Putin dunyoda milliy manfaatlar tomon siljishlar bo‘layotganini ta'kidlab o‘tdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shveytsariyaning RTS telekanaliga bergan intervyusida butun dunyo bo‘ylab hukumatlar milliy manfaatlar haqida ko‘proq o‘ylashni boshlayotganlari haqida fikr bildirdi.

Yevropadagi Marin Le Penning “Milliy front” yoki Shveytsariya xalq partiyasi kabi “millatchilik partiyalari” haqidagi savolga Putin: “Mening fikrimcha, bu nafaqat meni qo‘llab-quvvatlash, balki shaxsiy milliy manfaatlarni anglash demakdir. Dunyoda va Yevropa davlatlarida jamoatchilik ongida milliy manfaatlarni himoya qilishga yo‘nalgan muayyan tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda”, deb javob berdi.

Avvalroq Marin Le Pen intervyularidan birida Putinni Rossiyaning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishi uchun hurmat qilishini aytgan edi.

Top