10:05 / 28.07.2015
2463

Toshkentda xalqaro yo‘lovchi tashish masalalari muhokama qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda rossiyalik va qozog‘istonlik temir yo‘lchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu davlatlar o‘rtasida yo‘lovchi tashish ishini takomillashtirish va hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” (O‘zbekiston), “Federal yo‘lovchi kompaniyasi” (Rossiya) va “Yo‘lovchi tashish” (Qozog‘iston) kompaniyalari mutaxassislari bu borada fikr almashishdi.

Xususan, oxirgi ikki yil davomidagi yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra tarif siyosatini muvofiqlashtirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish singari masalalarda bir to‘xtamga kelindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ushbu masalada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari ham ko‘rib chiqildi. Unga asosan tegishli xulosalar qilindi.

Top