15:30 / 28.07.2015
3554

Xitoyda iPhone ishlab chiqaruvchi noqonuni fabrika yopildi

Xitoyda 40 ming dona soxta Apple iPhone smartfonlarini ishlab chiqargan fabrika yopildi.
Aytilishicha, ular eski telefonlarning ehtiyot qismlaridan to‘plangan. Mahsulot eksportga yo‘naltirilib, uning umumiy miqdori 120 mln yuanni (19 mln dollar) tashkil qilgan.
Bu “ishlab chiqarish” joriy yilning yanvaridan boshlangan.
Soxta apparatlarga dastlab AQShda e'tibor qaratildi, so‘ng ular Xitoy politsiyasiga ma'lumot berdi. Fabrikani ismi keltirilmagan juftlik boshqargan. Ishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 9 kishi qamoqqa olingan.
Fabrika 14 mayda aniqlangan edi, ammo Xitoy jamoat xavfsizligi byurosi muvaffaqiyatli operatsiya haqida 26 iyul kuni axborot berdi.

Top