16:46 / 28.07.2015
2287

Yaponiya shimolida Meakandake vulqoni otilishi xavfi oshdi

Yaponiya milliy metereologiya boshqarmasi Meakandake vulqoni (Xokkaydo shimoliy oroli) otilishi xavf darajasi birdan ikkiga oshganini (besh ballik yapon shkalasi)da ma'lum qildi. Bu haqda TASS yapon matbuoti ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

E'longa ko‘ra, yapon vulqoni krateri oldiga yaqinlashish taqiqlab qo‘yildi. Vulqon Akan milliy parkidan 1,5 ming metr balandlikda joylashgan. Mahalliy hokimiyat kraterning 500 metr radiusi atrofini yopib qo‘ygan. Qayd qilinishicha, hozircha, vulqon xavfi hududdagi ijtimoiy obektlarning faoliyatiga umuman ta'sir o‘tkazmayapti. Mehmonxonalar va sihatgohlar bir maromda ishlashda davom etishmoqda.

Top