10:28 / 29.07.2015
4565

Avgust oyida falakda ko‘p miqdorda yulduzlar uchishini ko‘rish mumkin

Avgust oyida Yer bir nechta meteor oqimlaridan o‘tadi, ulardan eng mashhuri Persey meteor oqimi avgust oyida to‘g‘ri keladi. Avgust tuni osmonni kuzatish uchun yilning eng yaxshi vaqti hisoblanadi.

Uchar meteorlar – bu Yer atmosferasiga soniyasida o‘nlab kilometr tezlikda harakatlangan holda kiruvchi va atmosferada to‘liq yonib ketuvchi kichik o‘lchamdagi osmon jismlaridir. Bu Yerdan xuddi yulduz uchgandek ko‘rinadi, vaholanki bu meteorlardan ko‘pchiligi kichkina tosh kabi o‘lchamga ega.

Yulduzlar yog‘dusini tashkil qiluvchi meteorlar manbai kometalar hisoblanadi, Yer ularning changli dumi orqali o‘tadi. Biroq meteor oqimlari o‘z nomlarini kometalardan emas, balki Yerdan bu meteorlar yog‘ilayotgandek tuyuladigan shartli nuqta joylashgan yulduzlar turkumi nomidan olinadi (vaholanki, bu faqat shunday ko‘rinadi).

Tungi osmonni shahardan uzoqroqda kuzatgan yaxshi: osmon qanchalik kam yorug‘langan bo‘lsa, meteorlar shunchalik yaqqol ko‘rinadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik meteorlar tun yarmidan keyin ko‘rinadi.

15 avgustda osmonda alfa-Kaprikornlar meteor oqimini ko‘rish mumkin. Uning jadalligi cho‘qqisi 2 avgustga to‘g‘ri keladi. Cho‘qqidagi o‘rtacha meteorlar miqdori soatiga 5taga yaqinni tashkil qiladi. Ularning manbai 169P/NEAT kometasi hisoblanadi.

6 avgustda yota-Akvarid meteor oqimining eng jadallashgan vaqtini ko‘rish mumkin. Bunda soatiga 6 ta “uchar yulduzni” ko‘rish mumkin.

Har yilgi bosh voqea avgustdagi Persey meteor oqimi hisoblanadi. Bu oqim 17 iyulda boshlanib, 24 avgustda tugaydi. Oqimning eng jadallashgan vaqti bu yili 13 avgustga to‘g‘ri keladi. Meteorlarning manbasi Svift-Tattl kometasi hisoblanadi.

Top