19:12 / 29.07.2015
3470

Basketbol bo‘yicha Rossiyaning barcha terma jamoalari vaqtinchalik xalqaro musobaqalardan chetlatildi

Rossiya basketbol federatsiyasi idorasiga Xalqaro basketbol federatsiyasi – FIBA’dan Rossiyaning barcha terma jamoalari xalqaro musobaqalardan chetlatilgani haqida maktub kelib tushdi.

Bunga Rossiya basketbol federatsiyasidagi mojarolar va navbatdan tashqari hisobot-saylov anjumanining belgilanishi sabab bo‘ldi.

Shu tariqa, basketbol bo‘yicha 16 yoshgacha va asosiy Rossiya erkaklar va ayollar terma jamoalari yaqin orada mojarolar barham topmasa, Yevropa chempionatida ishtirok etmasligi mumkin.

Avvalroq FIBA Rossiya sport vazirligidan Rossiya basketbolidagi muammolar bo‘yicha tushuntirish berishni talab qilgan edi. Federatsiyada unga qarshi sud da'vosi bo‘yicha muammolar yuzaga keldi. Sud da'vosi Moskva shahri Xamovnich tuman sudi tomonidan qondirildi va sud RBF zimmasiga 60 kun ichida tashkilotning yangi rahbari saylanishi kerak bo‘lgan anjumanni o‘tkazish majburiyatini qo‘ydi.

Top