19:38 / 29.07.2015
2266

British Airways samolyoti bortida bomba borligi ehtimoli sababli majburan qo‘ndirildi

Las-Vegasdan Londonga parvoz qilayotgan British Airways kompaniyasining samolyoti Kanadadagi aeroportlardan biriga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Politsiyaning xabar berishicha, bunga samolyot bortida bomba borligi ehtimoli sabab bo‘ldi. Samolyot sardori xavfsizlik chorasi sifatida samolyotni shoshilinch qo‘ndirishga ruxsat so‘ragan.

Samolyot qo‘ngandan keyin uning yoniga ko‘plab politsiya avtomobillari yetib keldi. Barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari samolyot borti va yukxonasini tekshirish uchun samolyotdan evakuatsiya qilindi. Hech kim jabrlanmagan.

Brisith Airways vakili barcha yo‘lovchilar mehmonxonalarga joylashtirilishi va ularga iloji boricha tezroq boshqa reyslarga chiptalar taqdim qilinishini ma'lum qildi.

Top