19:09 / 29.07.2015
1749

"Formula-1" avtopoygachisi "Top Gear" teledasturining yangi boshlovchisi bo‘lishi mumkin

"Formula-1" avtopoygachisi Jyenson Batton ("Maklaren" jamoasi) avtomobillar haqidagi "Top Gear" teledasturida boshlovchilik qilishi mumkin.

"Bi-bi-si" telekanali tarkibidagi bu ko‘rsatuvning sobiq muallifi Jyeremi Klarkson ishdan ketganidan keyin uning o‘rniga munosib nomzod hali topilmayapti.

Manbaning yozishicha, o‘z faoliyatini yakunlayotgan Jyenson Battonning ko‘rsatuvda mualliflik qilishi yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.

Qayd etish kerakki, telekanal rahbariyati bu bo‘yicha izoh bermagan.

Top