15:17 / 29.07.2015
3636

Fyodor Yemelyanenko UFC chempioni bilan jang o‘tkazmoqchi

Aralash turdagi kurash bilan shug‘ullanuvchi rossiyalik sportchi Fyodor Yemelyanenko ringga qaytishidan so‘ng birinchi jangni braziliyalik Fabrisiu Verdumga qarshi o‘tkazish niyati borligini aytdi. Bu haqda Allboxing.ru portali yozmoqda.
Verdum Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempionlik maqomiga ega sportchi hisoblanadi. U bilan jang qilish uchun Yemelyanenko ushbu tashkilot bilan shartnoma imzolashiga to‘g‘ri keladi. Ular 2010 yili ringga chiqqandi, o‘shanda braziliyalik sportchi rossiyalik raqibini birinchi raundda mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Shuningdek, Yemelyanenko yana 1-2 yil davomida professional darajada jang qilishda davom etishini ma'lum qildi.

Top