07:37 / 29.07.2015
3090

General Motors rivojlanayotgan davlatlarga mo‘ljallangan avtomobillar qatorini yaratish uchun 5 mlrd dollar sarmoya kiritadi

AQShning General Motors avtomobilsozlik kompaniyasi Chevrolet brendi ostida eng jadal o‘sayotgan bozorlar uchun yangi avtomobillar qatorini yaratish va Xitoyning SAIC Motor kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish uchun 5 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Financial Times nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, GM va SAIC umuman yangi avtomobillar konsepsiyasini va mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan maksimal ko‘proq miqdordagi butlovchi qismlardan to‘rtta davlatda (Xitoy, Braziliya, Hindiston va Meksika) yig‘iluvchi mashinalar uchun dvigatellar yaratmoqchi.

2019 yildan yangi modellar GM tomonidan rivojlanayotgan davlatlarda sotilayotgan B va S sinfidagi avtomobillarning o‘rnini bosadi. GM va SAIC 2030 yil oxirigacha ushbu yangi modellarni yiliga 2 mln dona miqdorida sotishni kutmoqda. Shu bilan birga, ushbu kompaniyalar yangi avtomobillarni AQSh va Yevropaga eksport qilishni rejalashtirmayapti.

GM prezidenti Den Ammanning aytishicha, konsern Rossiya, Indoneziya va Tailanddagi faoliyatini qisqartirmoqchi, chunki bu davlatlarda yuqori rentabellikni ta'minlash juda ham murakkab.

GM’da 2030 yilgacha rivojlanayotgan davlatlar dunyo bo‘ylab yengil avtomobillar savdosining 88 foiz o‘sishini ta'minlaydi, deb hisoblanmoqda.

Top