02:53 / 29.07.2015
3829

Google sintetik go‘sht ishlab chiqaruvchi korxonani 200 mln dollarga sotib olmoqchi bo‘ldi

Google kompaniyasi sintetik go‘sht ishlab chiqaruvchi Impossible Foods kompaniyasini sotib olmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Next Web nashri.

Impossible Foods kompaniyasi vegetarian va vegan burgerlari uchun sintetik go‘sht ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya rivojlanishining turli bosqichlarida unga Bill Geyts va Google’ning ijrochi direktori Toni Faddel sarmoya kiritgan.

Google kompaniyasi Impossible Foods asoschilariga 200-300 mln dollar taklif qildi, biroq rad javobini oldi. Do‘konlarda Impossible Foods ishlab chiqargan birinchi sintetik chizburgerlar keyingi yilning boshlanishigacha sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Top