19:00 / 29.07.2015
3781

Happy Birthday to You qo‘shig‘i kopiraytdan mahrum bo‘lishi mumkin

Rejissyor Jyennifer Nelsonning advokatlari Happy Birthday to You qo‘shig‘idan mualliflik huquqini olib tashlash imkoniyatini beradigan isbot-dalillar topishdi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Jyennifer Nelson 2013 yili qo‘shiqning mualliflik huquqiga ega shaxslarni sudga berib, ulardan qo‘shiqning hujjatli filmda ishlatilgani uchun 1.5 mln dollar talab qilgan edi.

Kopirayt egalari Warner/Chappell XIX asr tabrik qo‘shig‘ining filmlar va teleshoularda qo‘llanilishidan 2 mln dollar pul olishadi.

Sud eshituvi 29 iyul kuni Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi. Advokatlarning ta'kidlashicha, qo‘shiq 1922 yildan buyon mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun bilan himoyalanmagan.

Top