03:15 / 29.07.2015
11939

Jidda shahri “Rekordlar kitobi”ga kirishi mumkin

Saudiya Arabistonining Jidda shahri 2016 yilda “Bayramlar shahri” degan nisbat bilan Ginnes rekordlari kitobiga kiritilishi mumkin. Chunki shahar turli bayram, festival, ko‘rgazma va musobaqalarni rekord darajada ko‘plab o‘tkazib kelmoqda, deydi rasmiylardan biri. Ma'lumotlarga ko‘ra, Jidda shahriga yiliga 5 000 000 nafar sayyoh dam olish va shopping uchun tashrif buyuradi. Ularning aksariyati haj va umra ziyoratlarini ado etib, so‘ng Jidda shahriga xarid uchun kelishadi.


Hozirda mazkur shaharda 70 ta maxsus xiyobon, 260 ta savdo markazi, 105 ta zamonaviy va tarixiy bozorlar, plyaj va sohillar bo‘lib, mamlakatdagi turizm taraqqiyotida muhim rol o‘ynamoqda.

Muxlis.uz / Muslim Mirzajonov tayyorladi

Top