13:23 / 29.07.2015
4161

Joze Mourino: "Benitesning rafiqasi meni muhokama qilgandan ko‘ra, turmush o‘rtog‘ining diyetasiga ko‘proq vaqt ajratsin"

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino Rafael Benitesning turmush o‘rtog‘iga ispaniyalik mutaxassis “Inter”ning yarim yilda vayron qilganini aytib, javob qaytardi.

“U o‘z vaqtini nimagadir sarflashi kerak. Agar u o‘z turmush o‘rtog‘ining diyetasi haqida qayg‘uradigan bo‘lsa, mening faoliyatimni muhokama qilishga vaqt topa olmas edi. Benites o‘sha davrning eng yaxshi jamoasi bo‘lgan “Inter”ni yarim yilda parokanda qildi”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Avvalroq, “Real” bosh murabbiyi Rafael Benitesning rafiqasi Montserrat Seara turmush o‘rtog‘ining 3-marotaba Joze Mourino “buzib” ketgan klubdagi muhitni bartaraf qilish bilan shug‘ullanayotganini aytgan edi.

 

Top