09:08 / 29.07.2015
3310

Maykl Mur AQShning tashqi siyosati haqida film suratga oldi

“Farengeyt 9/11” hujjatli tasmasi muallifi Maykl Mur olti yildan buyon birinchi marta yangi film suratga oldi.

Los Angeles Times nashrining yozishicha, “Endi kimga hujum qilsak ekan?” nomli satirik film AQShning tashqi siyosatiga bag‘ishlangan. Taqdimot 10 sentabr kuni ochiladigan Toronto xalqaro kinofestivalida bo‘lib o‘tadi.

Rejissyor va siyosiy faolning fikricha, ixtiloflarga moyillik AQSh harbiy idorasining doimiy ehtiyojidir. Kartina detallari hozircha oshkor qilinmadi, ammo rejissyorning o‘zi uni “epik turdagi film” deb hisoblaydi.

“Siz u (Mur) uzoq vaqt o‘ziga xos bir fikr aytish niyatini diliga tukkanini his qilasiz, filmning mohiyati shunda”, – dedi kartinani festivalga qabul qilgan dokumentalist Tom Pauers.

O‘z navbatida, festival tashkilotchilari “Endi kimga hujum qilsak ekan?” filmini rejissyorning “eng provokatsion va quvnoq” kartinasi sifatida tavsiflashdi.

Top