22:27 / 29.07.2015
2551

Microsoft dasturlardan noqonuniy tarzda foydalanuvchi “qaroqchilarni” vakansiyalar sayti orqali aniqlamoqda

Microsoft korporatsiyasi huquqshunoslari korporatsiyaning mahsulotlaridan noqonuniy tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslarni antiqa usul – vakansiyalar saytida ishga olish bo‘yicha joylashtirilgan e'lonlar orqali aniqlash usulini sinovdan o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda E1.ru portali.

Shu tarzda Yekaterinburgda bir “qaroqchi” kompaniya aniqlandi. Kompaniya MS Office dasturida ishlashni biladigan menejyer yordamchisini qidirayotgani haqida e'lon joylashtirgan. Ushbu kompaniyaning dasturdan foydalanish litsenziyasiga ega xaridorlar ro‘yxatida nomi bo‘lmagan.

Microsoft Sverdlovsk viloyati hakamlik sudiga murojaat qilib, kompaniyaning ofisidagi kompyuterlarni tekshirishga ruxsat oldi. Tekshirish natijasida kompaniyada Windows XP va Microsoft Office dasturlarining noqonuniy versiyalaridan foydalanilayotgani aniqlangan. Microsoft zararni 100 ming rublga baholab, ushbu holat bo‘yicha sud ishini yutib chiqdi.

Top