07:04 / 29.07.2015
2635

Obama Afrika davlatlari yetakchilarining o‘z lavozimlarini suiiste'mol qilishi holatlarini qoraladi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining Efiopiya poytaxti Addis-Abebedagi nutqi davomida o‘z prezidentlik muddatlari oxirida vakolatlarini tugatishdan bosh tortayotgan Afrika davlatlari yetakchilarini qoraladi. Bu haqda France 24 telekanali xabar bermoqda.

Obama buni “umuman tushunmasligini” hamda bunday xatti-harakatlar Afrikaning demokratik taraqqiyotiga xavf solayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Prezident “hech kim umrbod prezident bo‘lmasligi kerakligini” aytdi va o‘zining ikkinchi muddati tugashini intiqlik bilan kutayotganini, chunki bu unga oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish va Afrikaga tez-tez kelib turishga imkon berishini qo‘shimcha qildi.

“Yetakchilar o‘yinbuzuqilik qilib, hukumat tepasida qolishni istaganlarida bu beqarorlik va nizolar keltirib chiqarishi mumkin”, deb aytdi Obama va uchinchi muddatga saylanishi mamlakatda uzoq davom etgan tartibsizliklarni keltirib chiqargan Burundi prezidenti Pera Nkurunzizuni bunday xatti-harakatlarga misol tariqasida keltirdi.

Top