12:51 / 29.07.2015
5746

Rublning tushishi Rossiya markaziy bankini zaxirani to‘ldirish fikridan qaytardi

28 iyuldan Rossiya markaziy banki zaxirani to‘ldirish bo‘yicha valyuta operatsiyalari o‘tkazishdan voz kechadi. Bu haqda regulyatorning xabarnomasi orqali aytildi.
Asosiy sabab sifatida valyuta bozoridagi kuchli o‘zgaruvchanlik ko‘rsatilgan.
27 iyul kuni bank zaxiralarni 160 mln dollarga to‘ldirgan edi. Bunday hajmdagi xaridlarni regulyator 2013 yil fevralida amalga oshirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha dollarning rasmiy kursi 58 tiyinga oshib, 60.25 rublni, yevro kursi 53 tiyinga oshib, 66.7 rublni tashkil qildi.

Top