15:58 / 29.07.2015
5434

Uy qamog‘i jazosi harbiy xizmatchilar va chet elliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi

O‘zbekiston parlamentining quyi palatasida “Ozodlikni cheklash shaklidagi yangi jinoiy jazoning joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Bu haqda palataning demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Aliya Yunusova ma'lumot berdi.
“Loyiha Jinoiy, Jinoiy-protsessual va Jinoiy-ijro kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi. Ular yangi turdagi jinoiy jazo – ozodlikni cheklash shaklidagi jazoning joriy qilinishini ko‘zda tutadi”, – uning so‘zlarini keltiradi Norma.uz sayti.
Deputatning ta'kidlashicha, muqobil jazo turi katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan (uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) va og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar (uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) sodir etilganida qo‘llanilishi mumkin.
“Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bunday jazo turi harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan kishilarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin”, – qo‘shimcha qildi Yunusova.

Top