16:52 / 29.07.2015
3556

Xitoylik turistlar ich kiyimda 8 kg quritilgan trepang olib chiqishga harakat qildi

Rossiyalik bojxonachilar ikki nafar xitoylik turistlarni tekshirganida, ular ich kiyimlarida 8 kg dan ortiq quritilgan trepang olib chiqishga harakat qilgani aniqlandi. 12 paketdagi bu delikates ichki kiyimlardan tashqari, poyafzal ichiga ham yashirilgan edi. Bu haqda TASS agentligiga Uzoq Sharq bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Aytilishicha, xitoyliklar shubhali xatti-harakatlari bois bojxonachilar diqqatini tortgan. Mettallodetektor hech narsani aniqlamaganiga qaramay, ular asabiylashavergan. Natijada tintuv o‘tkazilgan.
Kontrabandaning miqdori 300 ming rublni tashkil qiladi. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Trepang yoki dengiz bodringi Sharq tabobatida yuqori qiymatga ega bo‘lgan noyob dengiz mahsulotidir. Rossiyaning Primore o‘lkasida uning populyatsiyasi kichik bo‘lgani uchun uni tutish va iste'mol qilish taqiqlangan. 1 kg quritilgan trepang olish uchun tirik mollyuskning 20 barobar ko‘prog‘ini yo‘q qilish kerak.

Top