02:03 / 29.07.2015
3096

Yanukovich o‘z ishi bo‘yicha videoanjuman formatida ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich o‘z ishi bo‘yicha videoaloqa yordamida ko‘rsatma berishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda “1+1” telekanali Yanukovichning advokatlariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

“O‘tgan yili Rossiyaga qochib ketgan sobiq prezident Viktor Yanukovichning advokatlari u o‘zining ishi bo‘yicha guvohlik qilishga tayyorligini ma'lum qildilar. Advokatlarning aytishicha, ular ushbu holat bo‘yicha notarius tomonidan tasdiqlangan, Yanukovich imzolagan tegishli hujjatga egalar”, deb xabar bermoqda telekanal.

Hujjatga ko‘ra, sobiq prezident Yanukovich videoanjuman rejimida ko‘rsatma beradi.

Ukraina bosh prokuraturasi sirtdan Yanukovichni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha sud jarayonini boshladi va Rossiyadan sobiq prezidentni ekstraditsiya qilinishini so‘radi. Rossiya Adliya vaziri Yanukovichning topshirilishi bo‘yicha hujjat olinmaganini ta'kidlamoqda.

Top