16:38 / 30.07.2015
2153

“Yandeks”ning sof foydasi 50 foizga tushib ketdi

“Yandeks” korporatsiyasining sof foydasi 2015 yil birinchi yarmi natijalariga ko‘ra 50 foizga tushib ketib, 2.55 mlrd rublni tashkil qildi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida ma'lumot berildi.
Tushum 14 foizga oshib, 26.3 mlrd rublni tashkil qildi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 23.04 mlrd rublga teng edi.
2015 yilning ikkinchi choragida kompaniyaning sof foydasi 5.6 barobar qisqarib, 423 mln rublni tashkil qildi, ammo shu davrda tushum 14 foizga o‘sib, 13.9 mlrd rublni tashkil qildi.

Top