10:26 / 30.07.2015
3143

“Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik-tanlovida "Eng faol mashinasoz" aniqlandi

Turin politexnika universitetida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining mashinasozlik va elektrotexnika yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, metallurgiya va mashinasozlik sanoati korxonalari  mutaxassislari, kasaba uyushma faollari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda bilimli, jismonan sog‘lom, ma'nan yetuk avlodni voyaga yetkazish hukumatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi alohida ta'kidlashdi.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tomonidan an'anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi tobora keng quloch yoyib bormoqda. Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi innovatsion g‘oya hamda ishlanmalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, salohiyatini yanada rivojlantirishdir.

Tanlovning metallurgiya va mashinasozlik sanoati yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan dastlabki bosqichida tarmoq korxonalarida mehnat qilayotgan 200 dan ortiq yosh mutaxassis ishtirok etdi. Respublika bosqichida esa “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasining texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi muhandisi Temur Malikov mashinasozlik yo‘nalishida, “Elektroapparat-elektroshit” qo‘shma korxonasi kons­truktori Yevgeniy Voyevodin yosh elektrotexniklar o‘rtasida g‘olib deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Top