22:04 / 30.07.2015
3042

2015 yilning birinchi yarmida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xizmatlaridan 1 mln 235 ming yo‘lovchi foydalandi

2015 yilning birinchi yarmida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xizmatlaridan 1 mln 235 ming yo‘lovchi foydalandi. Kompaniyaga tegishli avialaynerlar tomonidan 11575 ta reys amalga oshirildi, 18,3 ming tonna yuk va pochta tashildi.

MAK joriy yilning mart oyidan ikkita qayta jihozlangan “Boing” yuk samolyotlaridan foydalanishni boshladi. Bu yuk yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirishga va “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi orqali yuk tashishlar hajmini oshirishga imkon berdi. Shu davr ichida Toshkent-Minsk-Toshkent muntazam reysi ochildi. Aviakompaniya xodimlari tomonidan MAK yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlik oqimini jalb qilish va O‘zbekiston sayyohlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan ish olib borildi.

Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq, MAKda 12 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. Ularga ko‘ra, havo kemalari parkini yangilash, “Boing-787 Drimlayner” samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish angari va yangi “Toshkent-4” yo‘lovchi terminalini qurish, aeroportlarning yerdagi infratuzilmasini rivojlantirish va ularni maxsus aeroport texnikasi va texnik vositalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Top