12:55 / 30.07.2015
7795

Chechenistonlik qallob qizlar IShID agentlaridan aldov yo‘li bilan pul undirgani aniqlandi

Chechenistonlik uch nafar qiz IShID yollovchi agentlari bilan internet orqali bog‘lanib, ijtimoiy tarmoqdagi soxta akkauntlar orqali ular guruhga a'zo bo‘lishni istashini vaj qilib, pul so‘rashgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Aloqa o‘rnatilgach, qizlar Suriyaga yetib olishga pullari yo‘qligini aytishgan. Ularning elektron hamyonlariga pul kelib tushgan, soxta akkauntlar o‘chirib tashlangan.
Ayni paytda qizlarning xatti-harakatlari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Top