18:09 / 30.07.2015
4223

Diyego Kosta o‘z itini qanday qilib o‘ldirgani haqida aytib berdi

"Chelsi" hujumchisi Diyego Kosta o‘z itini o‘ldirganiga iqror bo‘ldi. U bu ishni tasodifan amalga oshirgani haqida bildirib o‘tgan.

Ma'lum qilinishicha, bu voqea futbolchi "Atletiko" jamoasiga endigina o‘tgan vaqtda sodir bo‘lgan.

O‘shanda u mashg‘ulotdan uyiga qaytayotgan vaqtda itini mashinasi bilan turtib yuborgan.

"Men ancha vaqtgacha o‘z sevimli itimni o‘ldirib qo‘yganimni anglay olmadim. U uyda yo‘qligimni ko‘rgach, meni kutib olish uchun chiqqan edi", deydi Kosta.

Top