12:39 / 30.07.2015
1894

Gmail’da maktublarga o‘z-o‘zini yo‘q qilish taymerini o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi

Iyun oyida Gmail’da maktub yo‘llashni 30 sekund ichida bekor qilish funksiyasi joriy qilingach, Google Chrome kengaytmasini ishlab chiqdi, endilikda u maktublarga o‘z-o‘zini yo‘q qilish taymerini o‘rnatish imkoniyatini beradi. The Verge nashrining yozishicha, ushbu kengaytma DMail nomini oldi.
Bundan tashqari, kengaytma maktubni istalgan paytda qayta tiklash imkoniyatini beradi.
Ushbu funksiyalardan kengaytma kompyuterga o‘rnatilmagan taqdirda ham foydalansa bo‘ladi. Buning sababi – Dmail aslida maktubni oluvchining sahifasidan o‘chirib tashlamaydi, balki kodlab qo‘yadi.

Top