10:56 / 30.07.2015
3131

Hind okeanidan yo‘qolgan Boeing samolyotiga tegishli bo‘lak topildi

Tahlilchilar Hind okeanidan topilgan samolyot parchai 2014 yilning martida shu hududda bedarak ketgan Malayziyaning Boeing 777 samolyotiga tegishli ekanini aytishdi. Bu haqda Assosheted Press nashri xabar berdi.

Hudud bo‘ylab tekshiruv ishlarini olib borayotgan mutaxassislar bu parcha aynan o‘sha yo‘qolgan samolyotga tegishliligini ta'kidlashmoqda.

Fransiyalik tekshiruvchilar guruhi topilgan parchani yana bir bor nazoratdan o‘tkazishlarini aytishgan.

Top