11:23 / 30.07.2015
2915

Hindistonda 1993 yilgi Mumbay terakti tashkilotchisi qatl etildi

Hindistonda 1993 yilda amalga oshirilgan "Mumbay terakti" tashkilotchilaridan biri Yoqub Memonni qatl qilish haqida 2007 yilda chiqarilgan hukm ijro etildi. Bu haqda "Bi-bi-si" nashri xabar bergan.

Qatl hukmi Maxarashtra shtatidagi Nagpur shahrida ijro etilgan.

Memonning jasadi Nagpurdagi shifoxonaga tekshirish uchun yuborilgan.

Ma'lumot uchun, 1993 yilda Mumbayning 13 nuqtasida portlashlar sodir etilishi natijasida 257 kishi halok bo‘lgandi. Bu terakt musulmonlar va hindlar o‘rtasidagi ziddiyatning bir qismiga aylangandi. Teraktning boshqa tashlilotchilari, Dovud Ibrohim va Ibrohim Memon (Yo‘lbars laqabli) ayni vaqtda Pokiston hududida yashiringani taxmin qilinadi.

Top